Buxoro yangiliklari

Buxoro shahrida noqonuniy qurilgan ayvon bartaraf etildi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida Buxoro shahar Bunyodkor MFYdagi “Buxara City” hududida joylashgan 32-sonli ko‘p kvartirali turar joyda noqonuniy qurilgan ayvon aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Qurilish nazorati inspeksiyasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Qonunchilik talablari asosida ko‘rilgan choralar natijasida mazkur noqonuniy qurilma bartaraf etildi hamda hududning belgilangan me’moriy qiyofasi tiklandi.

Inspeksiya fuqarolarni ko‘p kvartirali uy-joylarda har qanday qurilish, qayta qurish yoki qo‘shimcha inshootlarni amalga oshirishdan oldin amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishga chaqirdi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version