Buxoro yangiliklari

Jondor tibbiyotiga 814 million so‘mlik zamonaviy uskunalar olindi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Jondor tumanida zamonaviy tibbiy uskunalar joriy qilinib, diagnostika, profilaktika va davolash imkoniyatlari kengaytirildi. Bu haqda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

“Ochiq budjet” doirasida 814 million so‘mlik tibbiy jihozlar xarid qilinib, amaliyotga tatbiq etildi.

Muassasada mobil va raqamli rentgen apparatlari, videobronxoskop hamda videokolonoskop kabi zamonaviy qurilmalar ishga tushirildi.

Yangi uskunalar tuman aholisiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirib, kasalliklarni aniqlash, oldini olish va davolash jarayonlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version