Jahon

Gretsiyadagi yong‘inlar chekindi: 593 kishi dengiz orqali evakuatsiya qilindi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Gretsiyaning Salamin orolida o‘rmon yong‘inlaridan keyin vaziyat yaxshilandi, biroq hukumat zarar ko‘lamini baholash va yong‘in sabablarini aniqlash ishlarini davom ettirmoqda. Bu haqda Euronews yozmoqda.

Peristeriya qishlog‘i yaqinida yagona yong‘in fronti qolmagan. O‘t o‘chiruvchilar alohida o‘choqlarni bartaraf etib, qayta alangalanishning oldini olish uchun hududni nazorat qilmoqda.

Yong‘in uylar, boshqa inshootlar va avtomobillarni vayron qilgan. Keksa er-xotin halok bo‘lgan, yana to‘qqiz kishi kuyish jarohati olgan.

Kuchli shamol olovning tez tarqalishiga sabab bo‘lgan. Dengiz orqali 593 kishi xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Amaliyotga qariyb 260 nafar o‘t o‘chiruvchi, 60 ga yaqin texnika, o‘nta samolyot va yettita vertolyot jalb etilgan.

Rasmiylar bir-biridan qariyb 20 daqiqa farq bilan paydo bo‘lgan ikki yong‘in o‘chog‘i bo‘yicha tergov olib bormoqda. Hozircha ularning o‘zaro bog‘liqligi tasdiqlanmagan. Gretsiyaning 20 hududida yong‘in xavfi yuqori bo‘lib qolmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version