Buxoro yangiliklari

Buxorolik uch sportchi sinxron suzish bo‘yicha Osiyo chempionatida bronza oldi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Osiyo chempionatining sinxron suzish bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi safida qatnashgan Buxoro viloyatining uch nafar sportchisi bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

“B” guruhi erkin mikst duet dasturida Muslima Yahyoyeva, Azamat Salixov va Parizoda Amrilloyeva 187,2289 ball jamg‘arib, faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.

 

Sportchilar O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida muvaffaqiyatli ishtirok etib, xalqaro musobaqada Buxoro viloyati sharafini munosib himoya qildi.

 

Buxoro viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i U. Nadjimidinov sportchilarni Osiyo chempionatidagi natijasi bilan tabriklab, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

 

Uchrashuvda sportchilarga kelgusidagi nufuzli musobaqalarda yangi g‘alabalar hamda xalqaro maydonda Buxoro va O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishda omad tilandi.

 

 

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version