Buxoro yangiliklari
Buxoro jamoasi “Humo” ekologik moda kolleksiyasini namoyish etdi

Buxoro jamoasi Eko Fashion dasturida milliylik, zamonaviylik va ekologik yondashuvni uyg‘unlashtirgan “Humo” kolleksiyasini namoyish etdi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Qurultoy sahnasida taqdim etilgan liboslarda Buxoroning milliy qadriyatlari va zamonaviy dizayn yechimlari birlashtirildi. Kolleksiya xorijlik mehmonlarda ham katta taassurot qoldirdi.
“Humo” kolleksiyasi go‘zallik, milliy meros va ekologik yondashuvning o‘ziga xos ifodasi sifatida namoyish qilindi.