Buxoro yangiliklari

Romitanda uchta loyiha orqali 240 ta ish o‘rni yaratiladi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Romitan tumanida 2026-yilda uchta drayver loyihani bosqichma-bosqich ishga tushirish va ular orqali 240 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Loyihalar hudud imkoniyatlari va zaxiralaridan samarali foydalanish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, barqaror iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan.

 

Ularning amalga oshirilishi yoshlar va mehnatga layoqatli fuqarolar uchun yangi daromad manbalarini yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

 

Birinchi bosqichda Zarafshon daryosi bo‘yida yangi sayyohlik va xizmat ko‘rsatish maskanlari tashkil etiladi.

 

Daryoning 0,5 kilometr qismida sohil bo‘yi xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu yo‘nalishda 12 nafar tashabbuskor savdo, umumiy ovqatlanish, dam olish va aholiga xizmat ko‘rsatish maskanlarini tashkil etadi.

 

Mazkur loyihalar to‘liq ishga tushirilgach, 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

 

Hozir hududni zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilma bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Sohilni obodonlashtirish, tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish hududning iqtisodiy hamda turistik salohiyatini oshirishi kutilmoqda.

Tashabbuslar orqali ilgari foydalanilmagan imkoniyatlar iqtisodiy faollikka jalb etilib, yangi tadbirkorlik subyektlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Romitanda drayver loyihalar orqali iqtisodiy salohiyatni yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish ishlari davom ettiriladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version