Jahon
Kanadaning g‘arbida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda: 20 ming kishi evakuatsiya qilindi

Kanadaning g‘arbida davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari minglab odamlarning evakuatsiya qilinishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Britaniya Kolumbiyasidagi Sammerlend shahri yaqinida 7-avgustdan beri davom etayotgan “Bold Ridge” yong‘ini ayrim hududlarda bevosita xavf tug‘dirmay qo‘ydi. Avval evakuatsiya qilingan aholi uylariga qayta boshladi, biroq ko‘pchilik yonib ketgan uylar o‘rnidagi vayronalarni ko‘rdi.
Yong‘in qariyb 150 ta inshootni vayron qilgan. Janubiy Okanagandagi 5 500 uydan so‘nggi haftalarda 20 ming kishi ko‘chirildi, bir keksa ayol halok bo‘ldi.
Dushanba kuni olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, yong‘in 212 kvadrat kilometr maydonda davom etmoqda. Pyer ko‘li yaqinidagi yong‘in maydoni 1 600 kvadrat kilometrga, Brunsvik-Krik yaqinidagi yong‘in esa 740 kvadrat kilometrga yetgan.
Okanagan Kanadaning yirik uzumchilik hududlaridan biri hisoblanadi. Mutaxassislar qurg‘oqchilik, chaqmoqli bo‘ronlar va quruq shamol yong‘inlarning kuchayishiga ta’sir qilayotganini qayd etmoqda.