O‘zbekiston
Buxoroda ruxsat etilmagan sirena o‘rnatgan haydovchiga chora ko‘rildi

Buxoro viloyatida transport vositasiga ruxsat etilmagan tovush chiqaruvchi moslama — sirena o‘rnatib, undan foydalangan haydovchiga nisbatan tegishli chora ko‘rildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 127-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
YHXB barcha haydovchilarni yo‘llarda belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.