Buxoro yangiliklari
Buxoroda 40 ming nafar birinchi sinf o‘quvchisiga “Prezident sovg‘asi” yetkazilmoqda

Buxoro viloyatidagi 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari” yetkazib berilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Joriy o‘quv yilida viloyatdagi 540 ta umumta’lim maktabining 1-sinfiga 40 ming nafar o‘quvchi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan viloyatga 40 ming dona “Prezident sovg‘asi” yetkazib berildi.
Ayni paytda sovg‘alar “Ta’minot va logistika” MChJning viloyat filiali tomonidan hududlardagi ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich yetkazilmoqda.