Sport

«Buxoro» «Neftchi»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi

Foto: UzPFL

«Buxoro» Superliganing 18-turida o‘z maydonida turnir jadvali peshqadami «Neftchi»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Uchrashuvda Sherzod Esanov 37-daqiqada penaltidan hisobni ochdi.

Birinchi taym oxirida Nurmuhammad Abdug‘aniyev hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi taym boshida Esanov yana gol urib, «Buxoro»ni oldinga olib chiqdi.

73-daqiqada Temur Mamasidiqov hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Vladimir Rodich 90+2-daqiqada to‘rtinchi golni kiritib, yakuniy hisobni belgiladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version