Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (20.08.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

2026-yilning 20-avgust, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Kun davomida ko‘proq harakatda bo‘ling, toza havodan ko‘proq nafas oling. Moliyaviy sohada bardamlik va sergaklik bilan qarorlar chiqaring.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Muhabbatda juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz uchun qimmatbaho sovg‘alarni ayamang.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Immunitet tushib ketmasligi uchun ko‘proq vitaminga boy mevalar yeng. Ertalablari yugurish mashqlari, tanani sovuq suv bilan chiniqtirish amallarini ado eting.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Bugun go‘yo sehrgarga aylanib qolgandek bo‘lasiz. Suyukli insoningizning barcha tilaklarini bexato ado eta olasiz. Istaklar shu qadar katta tezlikda haqiqatga aylanadiki, o‘zingiz ham hayratdan yoqa ushlaysiz.

Arslon (24.07 — 23.08)

Ichki olamingizga yana bir bor razm solib o‘tishingiz talab etiladi. Shuning natijasida ruhiy muammolarni ijobiy hal eta olasiz.

Parizod (24.08 — 23.09)

Ertalabdayoq xushxabar eshitasiz va shu sabab to kechga qadar pozitivlik sizni tark etmaydi. Shaxsiy sirlaringizni esa o‘zgalarga oshkor eta ko‘rmang. Do‘stdan ko‘p dushman.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Sizni garmoniyaga boy lahzalar kutib turadi. Muammo ham bo‘ladi. Lekin ularni yaqin insonlaringiz keltirib chiqaradi. Bu masalani ham oxir oqibat o‘zingiz ijobiy hal etasiz.

Chayon (24.10 — 22.11)

Muhabbatda jiddiy va qat’iyatli bo‘lishingiz talab etiladi. Bu masalada hazil-huzul ketmaydi. Kechqurun uyingizga mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Shaxsiy biznesingizga ega bo‘lishni xohlayotgan bo‘lsangiz, picha shoshmay turishingizga to‘g‘ri keladi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Yangi tanishgan, yoki tanish-notanishlar davrasiga tushib qolsangiz, o‘zingizni madaniyatli va diplomatlarcha tutishingiz tavsiya qilinadi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Juftingiz bilan munosabatlarda ayrim anglashilmovchiliklar ko‘zga tashlanadi. Bir-biringizni tushunishga harakat qiling.

Baliq (20.02 — 20.03)

Birovlar bilan bahslashmang. Agar shunday vaziyat tug‘ilsa, muammoni diplomatik yo‘l bilan bartaraf eting.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version