Buxoro yangiliklari
Jondorda bolalarga yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi

Jondor tumanida oʻtkazilayotgan “Salomatlik marafoni” doirasida bolalarga yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Marafon doirasida Buxoro viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh otorinolaringologi Farrux Pardaev LOR kasalliklari erta bosqichda aniqlangan ikki nafar bolada yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli oʻtkazdi.
Shuningdek, ortopediya va urologiya yoʻnalishlarida ham bemorlarga zarur jarrohlik amaliyotlari bajarildi. Tibbiy yordam ularning salomatligini tiklashga qaratildi.
“Salomatlik marafoni” aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash, oʻz vaqtida davolash va sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan.