Buxoro yangiliklari

Labi Hovuzdagi daraxt shoxlari sanitariya maqsadida kesildi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoro shahridagi “Labi Hovuz” hududida daraxtning ayrim shoxlari sanitariya maqsadida kesildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda daraxt kesilgani yuzasidan murojaat tarqalganidan soʻng holat oʻrganildi. Aniqlanishicha, daraxt shoxlari egilib, ayrimlari sinib tushgan, qurigan shoxlari esa fuqarolar hayoti va xavfsizligiga xavf tugʻdirishi mumkin bo‘lgan.

 

Shu sababli shoxlar tegishli karantin xulosasi asosida, Ekologiya bosh boshqarmasi xodimlari nazoratida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan kesilgan.

 

Shahar hududida qurib qolgan yoki kasallangan daraxtlarning xavf tugʻdiruvchi shoxlari fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun sanitariya tartibida olib tashlanmoqda.

 

 

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version