Jahon

Germaniyada tornadolar: bir kishi halok bo‘ldi, o‘nlab binolar zararlandi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Germaniyaning Reynland-Pfals va Gessen federal yerlarida kuchli momaqaldiroq, tornado hamda dovul oqibatida bir ayol halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jarohatlandi. Tabiiy ofat 19-avgust oqshomida yuz berdi.

Arvayler tumanidagi Valdorf shahrida yomg‘irdan panalashga uringan ikki ayol ustiga daraxt qulagan. 58 yoshli ayol voqea joyida vafot etgan, 47 yoshli ikkinchi ayol esa jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Vyesterwald hududida shamol tomlarni uchirib, uylar va boshqa inshootlarga zarar yetkazdi. Reynland-Pfalsning ayrim joylarida bo‘ron bir necha daqiqa davom etgan bo‘lsa-da, 30 ta aholi punktida elektr ta’minoti vaqtincha uzildi.

Germaniya meteorologiya xizmati momaqaldiroq vaqtida bir nechta tornado yuz berganini tasdiqladi. Gessen yeridagi Zolms-Oberndorfda kamida 60 ta bino shikastlangan, ayrim uylar yashash uchun yaroqsiz holga kelgan. Tornado Vetslar shahridan ham o‘tgan.

Brandenburgdagi Fyurstenvalde-na-Shpree shahrida avtomobillarda bo‘lgan ikki kishi og‘ir jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Potsdam atrofida ham ko‘plab binolarning tomlari uchib ketgan. Sinoptiklar xavfli ob-havo Bavariya va Baden-Vyurtemberg tomon siljishi mumkinligini bildirdi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version