Buxoro yangiliklari

Buxoroda qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

2026-yil 17-avgust kuni Buxoro shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, Peshku tumani “Quchoq” mahallasida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan S. G. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, tergovdan yashiringan. Shu sababli Buxoro tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan 11-avgust kuni unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Buxoro viloyati va Buxoro tumani ichki ishlar organlari hamda viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida fuqaroning yashirinib yurgan manzili aniqlangan. U Buxoro shahri hududida ushlangan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanib, u tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version