Buxoro yangiliklari

Buxoroda bir gektarlik zamonaviy gastronomik markaz barpo etiladi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoroda bir gektar maydonda yirik investitsiya hisobiga zamonaviy gastronomik markaz barpo etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buxoro viloyatiga tashrifi davomida hududning sayyohlik infratuzilmasini yaxshilash va turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Loyiha Toshkentdagi Chorsu bozori va Chig‘atoy mavzesidagi gastronomik maskanlar singari zamonaviy majmua yaratishni nazarda tutadi.

Yangi markazda Buxoro zaminining eng sara milliy taomlarini bir joyda jamlash ko‘zda tutilgan. Tashrif buyuruvchilar G‘ijduvon shashligi, Olot somsasi, an’anaviy “Oshi sofi” palovi, shuningdek, yaxna, halisa, gumma va barak kabi pazandalik namunalaridan bahramand bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Loyihaning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra, majmuada 50–60 nafar tadbirkor o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun imkoniyat yaratiladi. Markaz zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lib, turli xizmatlarni bir hududda tashkil etishga mo‘ljallangan.

Majmua ishga tushirilishi natijasida 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, gastronomik markaz kuniga 3 mingdan 5 ming nafargacha tashrif buyuruvchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version