Buxoro yangiliklari

Peshkulik sportchilar O‘zbekiston kubogida uchta oltin medal qo‘lga kiritdi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Peshku tumani 1-son sport maktabi tarbiyalanuvchilari o‘zbek jang san’ati bo‘yicha O‘zbekiston kubogida uchta oltin, sakkizta kumush va uchta bronza medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Musobaqa 17–21-avgust kunlari Samarqand shahrida yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazildi. Unda Peshku tumani 1-son sport maktabi treneri Feruz Ismoilovning shogirdlari qatnashdi.

Shermurodov Mirjaxon, Shermurodov Chingizxon va Rustamov Jahongirning har biri bittadan oltin hamda bittadan bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Izzatova Nozli ikki kumush medalga sazovor bo‘ldi. Husenova Saodat va Akmalova Aziza esa bittadan kumush medal bilan musobaqani yakunladi.

Buxoro viloyati qizlar jamoasi jamoaviy kompleks mashqlarda yana to‘rtta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Buxoro viloyatining 14–17 yoshlar jamoasi musobaqada birinchi o‘rinni egalladi. Natijalar viloyat vakillarining yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi bahslarda muvaffaqiyatli qatnashganini ko‘rsatdi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version