Buxoro yangiliklari

Buxorolik talabalar ko‘zi ojizlar uchun Brayl qurilmasini takomillashtirdi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoro davlat texnika universiteti yoshlari ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi insonlar uchun takomillashtirilgan Brayl qurilmasini yaratdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Innovatsion qurilma Brayl yozuvi bilan ishlashni yanada qulaylashtirish va foydalanuvchilarning axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga mo‘ljallangan.

Ishlanmada muhandislik yechimlari inklyuziv muhitni rivojlantirish vazifasi bilan uyg‘unlashtirilgan. Qurilmani takomillashtirishda undan kundalik foydalanish qulayligiga alohida e’tibor qaratilgan.

Loyiha universitet yoshlarining muhandislik salohiyati, ijodkorligi va ijtimoiy mas’uliyatini namoyon etuvchi ishlanma sifatida taqdim etildi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version