Buxoro yangiliklari
Buxorodagi yangi turizm loyihasi qariyb 150 ta ish o‘rni yaratadi

“Rangrez” mehmonxonasi rahbari Shahnoza Axrorova Buxoroda yangi yirik turizm loyihasini amalga oshirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Loyiha ishga tushirilgach, qariyb 150 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanishi kutilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Tadbirkor mehmonxona faoliyatini to‘qqiz xonali oilaviy mehmonxonadan boshlagan. Keyinchalik yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, xizmat ko‘rsatish hajmini bosqichma-bosqich kengaytirgan.
Hozir “Rangrez” mehmonxonasi yiliga 3 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy sayyohga xizmat ko‘rsatmoqda. Shahnoza Axrorovaning aytishicha, bu ko‘rsatkich yanada katta loyihaga o‘tish uchun asos bo‘lgan.
Yangi loyiha Buxoro brendini xalqaro miqyosda kengroq targ‘ib etish, viloyat turizm salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan.