Buxoro yangiliklari

Buxoroda 125 o‘rinli yangi mehmonxona ochildi, besh yulduzli loyiha uchun 6 mln dollar kredit olindi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoroda “Poykent Buxoro old City” nomli to‘rt yulduzli, 125 o‘rinli mehmonxona ish boshladi. Mehmonxonalar tarmog‘i rahbari Komiljon Ro‘ziyev besh yulduzli yana bir mehmonxonani jihozlash uchun 6 million dollar kredit olganini bildirdi. Bu haqda Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Tadbirkor Buxoroda bir nechta mehmonxonadan iborat tarmoqni boshqaradi. Uning aytishicha, yangi to‘rt yulduzli obyekt tarmoqning yaqinda foydalanishga topshirilgan loyihalaridan biridir.

6 million dollarlik kredit mablag‘i besh yulduzli mehmonxonani zamonaviy jihozlar bilan ta’minlashga yo‘naltirilmoqda. Komiljon Ro‘ziyev avvalgi mehmonxona loyihalari uchun ham imtiyozli subsidiyalardan foydalanganini qayd etdi.

Moliyalashtirish hujjatlarini tayyorlash jarayonida bank xodimlari va mutaxassislar tadbirkorning ish joyiga borib, zarur hujjatlarning qariyb 90 foizini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version