Buxoro yangiliklari
Romitanliklarning bir guruhiga moddiy yordam pullari tarqatildi

Kuni kecha Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyatining viloyat tashkiloti tomonidan “COVID 19ga javob” loyihasi bo‘yicha Romitan tumanidagi jamiyat qaramog‘idagi ehtiyojmand aholiga, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”dagi nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan aholidan 20 nafarining plastik kartalariga har biriga 562 100 so‘mdan, jami 11 242 000 so‘m pul ajratilib tushirib berildi.
[metaslider id=2262 cssclass=»»]
Ehtiyojmand, ko‘p bolali, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”dagi hamda tuman Obodonlashtirish tashkilotidan 7 nafar oilalar uchun 16 xil turdagi sovg‘alar tarqatildi