Buxoro yangiliklari

Buxoro sportchilari O‘zbekiston kubogida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoro viloyati sportchilari o‘zbek jang san’ati bo‘yicha O‘zbekiston kubogida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Buxoro viloyati sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Musobaqa 17–21-avgust kunlari Samarqand shahrida yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazildi.

 

Peshku tumani 1-son sport maktabi treneri Feruz Ismoilovning shogirdlaridan Mirjaxon Shermurodov, Chingizxon Shermurodov va Jahongir Rustamov bittadan oltin hamda bittadan bronza medalni qo‘lga kiritdi.

 

Nozli Izzatova ikkita kumush medal sohibi bo‘ldi. Saodat Husenova va Aziza Akmalova esa bittadan kumush medal bilan taqdirlandi.

 

Buxoro viloyati qizlar jamoasi jamoaviy kompleks mashqlarda to‘rtta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

 

Viloyatning 14–17 yoshli sportchilardan iborat jamoasi musobaqada birinchi o‘rinni egalladi.

 

Kubok bahslarida qayd etilgan natijalar Peshku sport maktabi tarbiyalanuvchilari va Buxoro viloyati jamoasining musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtirokini tasdiqladi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version