Buxoro yangiliklari

Buxorodagi 3,34 gektarlik bog‘ bo‘yicha rasmiy izoh berildi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoro shahridagi “Gulchorbog‘” MFY hududida joylashgan 3,34 gektar sug‘oriladigan bog‘ maydoni yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat o‘rganildi. Xatlov natijasida hududda 2 089 tup mevali daraxt mavjudligi aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

23-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hududdagi barpo etilgan bog‘ tekislab tashlangani aytilgan videomurojaat tarqalgan edi. O‘rganish davomida mazkur yer maydoni ilmiy tajriba stansiyasi balansida ekani qayd etildi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, fuqaro P.M. bilan bu yer maydonidan foydalanish bo‘yicha oilaviy pudrat shartnomasi tuzilmagan. Maydon bo‘yicha uning jiyani P.U. bilan 2026-yil 10-fevral kuni 19-sonli bir yillik oilaviy pudrat shartnomasi rasmiylashtirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 2-bandiga ko‘ra, yuridik yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan hosil olish maqsadida ekilgan mevali daraxtlar, shuningdek, bog‘dorchilik va uzumchilik uchun ajratilgan yer uchastkalaridagi daraxt va butalarga mazkur nizom talablari tatbiq etilmaydi.

Ekologiya bosh boshqarmasi holat yer maydonining huquqiy maqomi, undan foydalanish huquqi va shartnomaviy munosabatlarga taalluqli ekanini bildirdi. Shu sababli bu masalalarni ko‘rib chiqish ekologiya va iqlim o‘zgarishi organlarining vakolatiga kirmasligi ma’lum qilindi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version