Buxoro yangiliklari
Kogonda chiqindilarni ochiq yoqqan fuqaro jarimaga tortildi

Kogon shahridagi 7-sonli maktab atrofida quruq o‘t va barglar yoqilishi oqibatida hududni tutun qoplagani haqida ijtimoiy tarmoqlarda murojaat tarqaldi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Murojaat Kogon shahar ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. Mutaxassislar maktab atrofidagi hududda yuzaga kelgan holatni ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida chiqindilarni ochiq holda yoqish holati tasdiqlandi. Huquqbuzarlik sodir etgan fuqaroga nisbatan amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ma’muriy chora ko‘rilib, jarima qo‘llanildi.