Buxoro yangiliklari
Vobkentda yoshlar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, 8 nafar o‘smirga ID-karta berildi

Vobkent tumanida hokimlik va ichki ishlar bo‘limi hamkorligida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Uchrashuvda oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, otaliqqa olingan hamda probatsiya hisobida turgan yigit-qizlar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida bandligi ta’minlanmagan yoshlar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Unda ish izlayotgan yoshlarga hududdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi.
Yarmarka qatnashchilariga ishga joylashish imkoniyatlari taqdim etilib, ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan takliflar tushuntirildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida 16 yoshga to‘lgan sakkiz nafar o‘g‘il-qizga ilk marotaba ID-kartalar rasmiylashtirib berildi.