Buxoro yangiliklari

Shofirkonda beshta ta’lim maskani yangilanib, foydalanishga topshirildi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi va yangi o‘quv yili arafasida Shofirkon tumanida ta’lim muassasalarini yangilash hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratishga qaratilgan yirik bunyodkorlik ishlari yakunlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Tumandagi 25-, 53-, 28-, 16- va 40-sonli umumta’lim maktablarining yangi yoki rekonstruksiya qilingan binolari, shuningdek, 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining qo‘shimcha binosi foydalanishga topshirildi.

Bobur mahallasidagi 25-sonli maktabda 4,3 milliard so‘mlik qurilish va jihozlash ishlari amalga oshirildi. Hozir bu yerda 30 nafar pedagog 490 nafar o‘quvchiga ta’lim bermoqda. O‘qituvchilarning 8 nafari oliy, 10 nafari birinchi va 8 nafari ikkinchi malaka toifasiga ega.

53-sonli maktabning eski binosi kapital ta’mirlanib, qo‘shimcha 120 o‘rinli o‘quv binosi barpo etildi. Loyiha qiymati 3 milliard 696 million so‘mni tashkil etdi. 1994-yilda tashkil etilgan maktabda 8 nafar oliy va 7 nafar birinchi toifali pedagog faoliyat yuritadi.

28-sonli maktabdagi bunyodkorlik va jihozlash ishlariga 4 milliard 664 million so‘m yo‘naltirildi. Yangilangan maskanda 48 nafar o‘qituvchi 600 nafar o‘quvchiga zamonaviy sharoitlarda saboq bermoqda.

Bog‘iafzal hududidagi 16-sonli maktab uchun 300 o‘rinli yangi bino qurildi. Mazkur loyiha 4 milliard 560 million so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirildi.

40-sonli maktabning mavjud binosi ta’mirlanib, qo‘shimcha 240 o‘rinli o‘quv binosi bunyod etildi. 6,2 milliard so‘mlik loyiha natijasida maktabning umumiy quvvati 480 o‘ringa yetdi.

Mirzoqul hududidagi 1989-yilda tashkil etilgan 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 90 o‘rinli qo‘shimcha bino qurildi. Natijada muassasaning jami quvvati 166 o‘ringa yetdi. Qurilish va jihozlash ishlarining qiymati 3 milliard 168 million so‘mni tashkil qildi.

Loyihalar Osiyo taraqqiyot banki va Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish” dasturlari doirasida amalga oshirildi. Ochilish tadbirlarida birinchi sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari — maktab anjomlari, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga esa kitoblar topshirildi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version