Buxoro yangiliklari
Buxorolik U-14 xokkeychi qizlar O‘zbekiston kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Buxoro viloyatining 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar jamoasi chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston kubogida uchinchi o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Musobaqa 25–29-avgust kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan U-14 qizlar jamoalari kubok uchun bahslashdi.
Turnir yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati jamoasi kuchli uchlikdan joy oldi. Buxorolik yosh xokkeychilar hal qiluvchi uchrashuvlardan so‘ng bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston kubogida birinchi o‘rinni Xorazm viloyati, ikkinchi o‘rinni Toshkent viloyati, uchinchi o‘rinni esa Buxoro viloyati jamoasi egalladi.