Buxoro yangiliklari

“Bukhara City” majmuasida yangi o‘quv yili boshlandi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

“Bukhara City” ko‘p funksiyali majmuasi hududidagi ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Majmuada zamonaviy ta’lim infratuzilmasini shakllantirish va sifatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar bosqichma-bosqich natija bermoqda.

Xususan, 74–75-lotlarda joylashgan “Asia International School” maktabi va bolalar bog‘chasi joriy o‘quv yilidan faoliyat boshladi.

Shuningdek, 39-lotdagi “Odnoklassniki” maktabi hamda 80-lotdagi “Farobiy” maktabi o‘quvchilarni qabul qila boshladi.

61-lotda bunyod etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab esa majmuada o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Bir hududda bir nechta zamonaviy maktablarning faoliyat yuritishi “Bukhara City”da turar joy va biznes obyektlari bilan bir qatorda ijtimoiy infratuzilma ham rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Ushbu ta’lim maskanlarida minglab o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar zamonaviy sharoitda bilim olishi, qobiliyatlarini rivojlantirishi hamda o‘z maqsadlari sari intilishi uchun imkoniyat yaratilgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version