Buxoro yangiliklari

Buxoro davlat pedagogika institutida 400 o‘rinli talabalar turar joyi ochildi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoro davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar uchun 400 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Yangi turar joy institutning Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan. Binoda talabalarning yashashi, o‘qishi va dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Yotoq xonalari zamonaviy mebel va zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Talabalarning mustaqil ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va kundalik ehtiyojlarini qondirishi uchun tegishli infratuzilma shakllantirilgan.

Binoda sanitariya-gigiyena talablariga mos sharoitlar mavjud. Shuningdek, o‘quv hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan alohida xonalar tashkil etilgan.

Yangi talabalar turar joyining ishga tushirilishi institutda tahsil olayotgan yoshlarning yashash sharoitini yaxshilash va ta’lim olishi uchun qulay muhit yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version