Buxoro yangiliklari

Kogonda 684 nafar ehtiyojmand fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Kogon shahrida kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash hamda mehnatga layoqatli fuqarolar salomatligini mustahkamlash maqsadida keng qamrovli tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Bu haqda Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Ko‘riklarga ijtimoiy reestrga kiritilgan 18–60 yoshdagi mehnatga layoqatli fuqarolar, shuningdek, mahallalarda istiqomat qiluvchi ishsiz aholi jalb etildi.

Tibbiy ko‘riklar davomida 684 nafar fuqaro qamrab olindi. Ularning 93 nafari ambulator davolanishga olindi, salomatligida jiddiy muammo aniqlangan bir nafar fuqaro esa davolanish uchun tuman shifoxonasiga yo‘naltirildi.

Mutaxassislar fuqarolarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, kasalliklarning oldini olish va tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tish bo‘yicha profilaktik tavsiyalar berdi.

Bunday ko‘riklar kasalliklarni erta aniqlash va davolash bilan birga, ehtiyojmand aholi salomatligini tiklash, ularning mehnat faoliyatiga qaytishi va daromad topishiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kogon shahrida aholini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar salomatligini tiklash hamda ularni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan manzilli tibbiy-ijtimoiy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version