Özbekiston

Kogonliklar uchun ham ko‘chma mammografiya apparati berildi

10-aprel kuni Kogon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida ko‘chma mammografiya apparati keltirildi. Ushbu tadbir bayramona tarzda bo‘lib o‘tdi, Kogon shahri hokimi Hayot Davlatov va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Gʻaffur Saidov kirish so‘zi bilan ochishdi.

Kogon shahri hokimi tibbiyot sohasiga berilayotgan yuksak e’tibor uchun eng avvalo yurtboshimizga ehtirom bildirib, mashaqatli shu bilan bir qatorda sharafli kasb egalari bo‘lmish tibbiyot xodimlarini samimiy muborakbod etib, faoliyatlariga zafarlar tiladi.

Momografiya apparati orqali ayollarda ko‘p uchraydigan ko‘krak saratonini aniqlash va oldini olish imkoniyati mavjud. Kogon shahar aholisi ancha yillardan buyon ushbu apparatga ehtiyoji borligi uchun ham bu juda katta yutuqdir.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version