Buxoro yangiliklari
Turkiyalik professorlar Buxoroda bepul tibbiy ko‘rik va yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazadi

Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Turkiyaning «Avrasya Hastanesi» klinikasi va Med Care Turkey Istanbul hamkorligida 16–19-sentabr kunlari Buxoroda bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etiladi. Bu haqda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Bemorlarni Turkiyadan tashrif buyuradigan uch nafar yuqori malakali professor-shifokor qabul qiladi: professor Ali Riza Jenar — yurak-qon tomir jarrohi, professor Nejip Engin Merkan — neyrojarroh, professor Mahir Kirnap — jarroh-transplantolog.
Ko‘riklar davomida yurak-qon tomir, bosh miya va asab tizimi, shuningdek, transplantologiya yo‘nalishlari bo‘yicha bepul maslahat va tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi.
Qabul Buxoro shahridagi Viloyat diagnostika markazida 16, 17, 18 va 19-sentabr kunlari tashkil etiladi.
Qabulga yozilish uchun +998 65 223-49-92 yoki +998 93 655-35-03 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tishda bemorning PINFL — JShShIR raqami talab etiladi.
Aholiga malakali xorijiy mutaxassislar qabulidan foydalanish va salomatligiga e’tiborli bo‘lish tavsiya etildi.