Buxoro yangiliklari

Buxoroda 2,1 milliard so‘mlik suyuq nikotinning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoro viloyatida olib borilgan tezkor bojxona nazorati natijasida muomalasi taqiqlangan suyuq nikotinni noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Import bojxona rejimida olib kirilgan yuk hujjatlarda parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida ko‘rsatilgan. Biroq xavfni boshqarish tizimi yukni sariq yo‘lakka yo‘naltirgan va qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazilgan.

 

Yukdan olingan namunalar «Turnak» tezkor ekspress qurilmasi yordamida tekshirilib, suyuq nikotin alomatlari aniqlangan. Keyinchalik H. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining xulosasi ham modda asosan elektron sigaretalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan suyuq nikotin ekanini tasdiqlagan.

 

Tekshiruv davomida jami 70 kilogramm suyuq nikotin aniqlangan. Tovarning dastlabki qiymati 2,1 milliard so‘mga baholangan.

Holat yuzasidan protsessual harakatlar yakunlangan. Sud qaroriga asosan, noqonuniy olib kirilgan mahsulot belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version