Buxoro yangiliklari

Jondorda 7 ta ekologik huquqbuzarlik uchun 4,4 million so‘m jarima qo‘llanildi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Jondor tumanida ekologik nazoratni kuchaytirish, tabiatni muhofaza qilish hamda ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida navbatdagi nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Nazorat tadbirlari Jondor tumani Ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan hududlarda olib borildi. Mutaxassislar tabiatni muhofaza qilish va ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi holatini o‘rgandi.

Reyd davomida ekologik qonunchilik talablarini buzish bilan bog‘liq jami 7 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rildi. Yetti nafar fuqaroga jami 4 million 400 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version