Buxoro yangiliklari

Buxorodagi mehnat yarmarkasida 10 745 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoro shahridagi Somoniylar istirohat bog‘ida aholi bandligini ta’minlash, ish izlayotgan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish va ularning ish beruvchilar bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ham qatnashib, yaratilgan sharoitlar, ish beruvchilar taklif etayotgan vakansiyalar va aholi uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi.

Yarmarkada viloyatda faoliyat yuritayotgan 495 ta davlat va nodavlat tashkiloti, shuningdek, yirik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi. Ular fuqarolarga jami 10 745 ta bo‘sh ish o‘rnini taklif qildi.

Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ham tizimdagi 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi. Fuqarolarga tibbiyot muassasalaridagi mavjud vakansiyalar, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, mehnat sharoitlari va ishga qabul qilish tartibi haqida ma’lumot berildi.

Ish izlayotgan fuqarolar o‘z ma’lumoti, kasb-hunari va ish tajribasiga mos vakansiyalar bilan tanishib, mas’ullar hamda ish beruvchilardan zarur ma’lumotlarni bevosita olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version