Buxoro yangiliklari
Gazlida saksovul kesgan fuqaroga 11 million so‘m jarima belgilandi

Romitan tumanining Gazli shahrida saksovulni noqonuniy kesish holati aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Ekologiya inspektorlari hamda O‘rmon xo‘jaligi xodimlari o‘tkazgan nazorat-reyd tadbiri davomida fuqaro B.A. saksovulni noqonuniy kesgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismi asosida 11 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar 6,2 million so‘m miqdorida hisoblandi. Huquqbuzarlikda foydalanilgan avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.