Buxoro yangiliklari

Buxoroga sakkiz oyda 1,75 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida Buxoro viloyatiga 1 million 753 mingdan ziyod xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu haqda Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Shu davrda respublikaning boshqa hududlaridan Buxoroga sayohat maqsadida 3,5 milliondan ortiq mahalliy mehmon kelgan. Ko‘hna shahar yodgorliklari va ziyoratgohlarida sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshgan.

Viloyatda 65 ta yangi joylashtirish vositasi ish boshladi. Ular orasida 8 ta mehmonxona, 7 ta xostel va 48 ta oilaviy mehmon uyi bor. Bundan tashqari, hududda 32 ta yangi turoperator hamda turagent faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Yil yakuniga qadar Buxoroga 3,5 milliondan ortiq xorijiy va 5,5 millionga yaqin mahalliy sayyoh tashrif buyurishi kutilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version