Buxoro yangiliklari
Buxorodagi 11-son oilaviy poliklinikada dori xarajatlarini qoplash tizimi joriy etildi

Buxoro shahridagi 11-son oilaviy poliklinikada reimbursatsiya — dori vositalari xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tizimi joriy etildi. Bu haqda Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Reimbursatsiya dori vositalari xarajatlarining davlat tomonidan belgilangan tartibda qoplab berilishini nazarda tutuvchi mexanizmdir.
Tizim doirasida surunkali kasallikka chalingan bemor shifokor tavsiyasi asosida elektron retsept oladi.
Elektron retseptga asosan bemor reimbursatsiya dasturiga kiritilgan dori vositalarini dorixonadan olishi mumkin.
Bemor dori vositasini olgach, uning belgilangan qiymati amaldagi tartibda davlat tomonidan dorixonaga qoplab beriladi.