Buxoro yangiliklari
Buxoroda velosiped va elektr skutter haydovchilariga xavfsizlik qoidalari tushuntirilmoqda

Buxoro viloyatida velosiped va elektr skutter haydovchilari ishtirokida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Tadbirlar davomida velosiped va elektr skutter haydovchilari bilan bevosita muloqotlar tashkil etildi.
Ularga yo‘l harakati qoidalari va xavfsizlik choralariga rioya qilish zarurligi tushuntirildi.
Muloqotlarda haydovchilarning yo‘ldagi mas’uliyati masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Harakatlanish vaqtida shlem, yorug‘lik qaytaruvchi jilet va signal chiroqlari kabi maxsus himoya vositalaridan foydalanish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, belgilangan yo‘laklardan harakatlanish hamda piyodalarga yo‘l berish tartiblariga qat’iy amal qilish kerakligi qayd etildi.
Profilaktik tadbirlar doirasida qoidalarni buzgan fuqarolar bilan ham suhbatlar o‘tkazildi.
Ularga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi.