Buxoro yangiliklari
Buxorolik U-18 xokkeychilar O‘zbekiston kubogida g‘olib bo‘ldi

Toshkent shahridagi “Olimpiya shaharchasi”da chim ustida xokkey bo‘yicha U-18 yosh toifasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Buxorolik yosh sportchilar musobaqada munosib ishtirok etdi.
Ular barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
Natijada Buxoro jamoasi 1-o‘rinni egallab, O‘zbekiston kubogi g‘olibiga aylandi.