Buxoro yangiliklari

Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga yangi qutqaruv avtomobillari olib kelindi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoro neftni qayta ishlash zavodining obyekt favqulodda vaziyatlar qismlariga zamonaviy qutqaruv avtomobillari olib kelindi. Bu haqda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Yangi maxsus texnikalar bilan Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va zavod direktori birgalikda tanishdi.

 

Tashrif davomida avtomobillarning texnik imkoniyatlari, jihozlanishi hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakatlanishdagi ahamiyati ko‘rib chiqildi.

 

Yangi qutqaruv avtomobillari bo‘linmalarning texnik salohiyatini oshirish, hodisa va avariyalarga tezkor javob qaytarish, shuningdek, inson hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version