Buxoro yangiliklari

Buxoroda 2- va 17-sonli avtobus yo‘nalishlari uzaytirildi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoro shahrida 2- va 17-sonli avtobus yo‘nalishlari 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab uzaytirildi. Bu haqda Buxoro viloyati transport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

2-sonli “Buxoro ASHB — Sitora bozori” shahar avtobus yo‘nalishi Tutkunda aholi punktiga qadar uzaytirildi. Ushbu yo‘nalishda 14 ta “Asia Star” rusumli avtobus xizmat ko‘rsatadi va ularning barchasida elektron to‘lov tizimi mavjud.

 

17-sonli “Aeroport — Chor-Bakr bosh bekati” shahar avtobus yo‘nalishi esa 20-sonli maktabga qadar uzaytirildi. Mazkur yo‘nalishda elektron to‘lov tizimi o‘rnatilgan 10 ta “Zhong Tong” rusumli avtobus qatnaydi.

 

Transport boshqarmasi yo‘lovchilarni jamoat transportida yo‘lkira haqini elektron tarzda to‘lashga chaqirdi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version