Buxoro yangiliklari
Buxorolik bokschi To‘rabek Habibullayev Osiyo o‘yinlari finaliga chiqdi

Buxorolik bokschi To‘rabek Habibullayev Osiyo o‘yinlarining 90 kilogrammgacha vazn toifasida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Habibullayev yarim finalda hindistonlik Kapil Pokhariyaga qarshi ringga ko‘tarildi.
Buxorolik bokschi bahsni 4:1 hisobida o‘z foydasiga hal qilib, musobaqaning hal qiluvchi jangiga chiqdi.