Buxoro yangiliklari

Buxorolik Jeet Kune Do sportchilari jahon chempionatiga yo‘llanma oldi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

24–26-sentabr kunlari Toshkent shahridagi JAR sport majmuasida Jeet Kune Do sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Respublikaning turli hududlaridan 300 nafarga yaqin sportchi qatnashgan musobaqada birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallaganlar 4–8-oktabr kunlari Qirg‘izistonda o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Buxoro viloyati jamoasi 25 nafar sportchi bilan qatnashib, jamoaviy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rin Toshkent shahri, uchinchi o‘rin esa Qashqadaryo viloyati jamoasiga nasib etdi.

Buxorolik Soliyev Jasurbek, Sayfiddinov Laziz va Qilichov Jasur o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Narzullayev Axliyor, Ramazonov Anzur va Allashov Azizbek kumush medal bilan taqdirlandi.

Shokirov Bobur, Djumayev Muhammad, Narzullayev Bexruz va Jamolov Muhammad uchinchi o‘rinni egallab, bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa sovrindorlar Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida Buxoro viloyati va O‘zbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version