Buxoro yangiliklari
Buxoroda 350 mingdan ortiq soliq to‘lovchi soliqlarni muddatidan oldin to‘ladi

Jismoniy shaxslar 2026-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘ining qolgan teng ulushini 15-oktabrga qadar to‘lashi lozim. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Buxoro viloyatining 13 ta tumanida yashovchi 350 ming nafardan ortiq soliq to‘lovchining barchasi belgilangan muddatni kutmasdan o‘z soliq majburiyatlarini ado etdi.
Xususan, Peshku tumanidagi “Mahallai mirishkor” mahallasi aholisi yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlarini to‘liq to‘lab bo‘ldi.