Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonda chiqindini belgilanmagan joyga tashlagan fuqaro jarimaga tortildi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

G‘ijduvon tumanida ekologik nazorat va tozalik bo‘yicha o‘tkazilgan reyd davomida chiqindini belgilanmagan joyga tashlash holati aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Holat tumanning Degrezon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qayd etildi. Fuqaro N.A. maishiy va boshqa turdagi chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlagani ma’lum bo‘ldi.

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasi birinchi qismiga muvofiq 1 million 320 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llandi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version