Buxoro yangiliklari

Buxoro davlat texnika universitetida 4 tup daraxt noqonuniy kesildi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro davlat texnika universiteti hududidagi avtoturargohda ko‘p yillik daraxtlar kesilgani haqida murojaat tarqaldi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Murojaat bosh boshqarma nazoratiga olinib, mas’ul xodimlar voqea joyida o‘rganish o‘tkazdi. Tekshiruvda murojaatda qayd etilgan 9 tup daraxt kesilgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi, avtoturargoh hududida jami 4 tup daraxt kesilgani aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan universitetning mas’ul xodimlaridan tegishli tushuntirishlar olindi. Daraxtlarning qonunga xilof ravishda kesilgani bo‘yicha mas’ul shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi birinchi qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Huquqbuzarga 10 million 300 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llandi. Tabiatga yetkazilgan zarar esa 8 million 200 ming so‘m deb hisoblandi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version