Buxoro yangiliklari

“Qizilqum” qo‘riqxonasidagi yovvoyi hayvonlar fotoqopqonga muhrlandi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Qizilqum” davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqon yovvoyi hayvonlarni tasvirga oldi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

“Qizilqum” davlat qo‘riqxonasi 1971-yil 23-iyunda Xorazm va Buxoro viloyatlari hududida tashkil etilgan.

Qo‘riqxona hududida hayvonot dunyosining 359 turi mavjud. Ularning 37 turi sut emizuvchilar, 266 turi qushlar, 29 turi sudralib yuruvchilar, 2 turi suvda va quruqlikda yashovchilar hamda 25 turi baliqlar sinfiga mansub.

Bu jonzotlarning 50 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Fotoqopqonlar hayvonlarni bezovta qilmasdan kuzatish va qo‘riqxona hududidagi biologik xilma-xillik holatini o‘rganishga xizmat qiladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version