Buxoro yangiliklari

Jondor tuman sudi qidiruv e’lon qilgan shaxs Yangiyo‘lda ushlandi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tezkor-profilaktik tadbiri davomida odil sudlovdan yashiringani sababli qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, Jondor tumanidagi Oqshix mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan I.B. Jinoyat kodeksining 122-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, odil sudlovdan yashiringan. Shu sababli Jondor tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

2026-yil 28-sentabr kuni Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limining tegishli sohaviy xizmatlari olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchining Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida ekani aniqlandi.

Qidiruvdagi shaxs Yangiyo‘l shahrida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi. U Yangiyo‘l shahar Ichki ishlar bo‘limining vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version