Buxoro yangiliklari

Buxoro viloyatida 135 ta shifoxona faoliyat yuritmoqda

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Buxoro viloyatida 135 ta shifoxona muassasasi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shu sanada O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalarining umumiy soni 1 987 tani tashkil etgan.

Hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar Buxoro viloyatidagi shifoxonalar respublikadagi jami shifoxona muassasalarining qariyb 7 foizini tashkil etishini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, mamlakat bo‘yicha 8 912 ta ambulatoriya-poliklinika muassasasi faoliyat yuritgan. Mazkur statistik ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version